Oy davomida eng yuqori harorat 30 iyun kuni qayd etilgan — 37,9 daraja.

Ispaniyaning sharqiy qismidagi Barselona shahrida so‘nggi 100 yil ichida eng issiq iyun oyi qayd etildi.

Ispaniya meteorologiya instituti (AEMET) Barselonada 1914 yilda harorat qaydnomalari yuritila boshlanganidan beri eng issiq iyun oyi qayd etilganini e’lon qildi.

Bayonotda aytilishicha, joriy yilning iyun oyida o‘rtacha harorat 26 darajaga etgan bo‘lsa, avvalgi eng issiq iyun 2003 yilda kuzatilgan — 25,6 daraja.

Oy davomida eng yuqori harorat 30 iyun kuni qayd etilgan — 37,9 daraja.

Yevropaning ko‘plab shaharlari jazirama issiq harorat ta’sirida bo‘lib turibdi. Italiya, Germaniya, Belgiya va Fransiya kuchli jaziramaga qarshi turli choralar ko‘rmoqda.