Finlyandiyada qariyb 30 yil davomida xususiy uyda muzlatkichda saqlangan er-xotinning jasadlari dafn etildi. Bu haqda mamlakatning Yle nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, jasadlar 80 yoshli shifokorning ota-onasiga tegishli. Uning so‘zlariga ko‘ra, ota-onasi birga dafn etilishni vasiyat qilgan bo‘lib, u aynan shu istakni amalga oshirish maqsadida jasadlarni saqlab kelgan. Shifokor kelajakda o‘zi va akasi ham ushbu oilaviy qabrga dafn etilishi rejalashtirilayotganini bildirgan. Nafaqadagi erkak oilaviy qabr tashkil etish uchun rasmiy ariza ham topshirgan. Sud jarayoni aprel oyida boshlanishi kutilmoqda.
Yle aniqlik kiritishicha, er-xotin 1994 va 1995-yillarda vafot etgan, ularning jasadlari esa 2024-yil sentyabr oyida aniqlangan. Shundan so‘ng uy egasiga marhumlarning jasadlariga nisbatan hurmatsizlik qilganlik aybi qo‘yilgan.
Hokimiyat vakillari jasadlarni dafn etish to‘g‘risida farmoyish chiqargan. Biroq marhumlarning o‘g‘li oilaviy dafn marosimini tashkil etish uchun vaqt yutish maqsadida bu qarorga sud orqali e’tiroz bildirgan. Oxir-oqibat, er-xotinning jasadlari Finlyandiyaning janubi-g‘arbidagi Turku shahri qabristoniga dafn etilgan.