Germaniyaning sobiq vitse-kansleri, iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri, «Yashillar» yetakchilaridan biri Robert Xabek siyosatdan ketishi va mamlakatni vaqtincha tark etishini ma’lum qildi. U konservativ siyosiy raqiblarini tanqid qildi.
2021-2025 yillarda Germaniya iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri o‘rinbosari, «Alyans-90/yashillar» partiyasi yetakchilaridan biri Robert Xabek siyosatdan ketishi va mamlakatni vaqtincha tark etishini e’lon qildi. Bu haqda siyosatchi 25 avgust, dushanba kuni Berlindagi Tageszeitung gazetasiga bergan intervyusida gapirdi.
2025 yilning fevralida «yashillar» g‘alaba qozongan taqdirda, Bundestag saylovlarida Xabekni kanslerlikka nomzod qilib ko‘rsatgandi. Ammo yakunda partiya saylovlarda bor-yo‘g‘i 11,6 foiz ovoz olib, avvalgi saylovlarga nisbatan o‘z natijasini yomonlashtirdi. «Yashillar» hukumatni tark etib, muxolifatga o‘tdi.
«Mening tarjimayi holim oldinga siljidi, kelasi yil chet elga ketaman. Shu dushanba kuni men Bundestag prezidiumiga 1 sentabrdan boshlab parlament a’zosi sifatidagi vazifamni tark etayotganimni ma’lum qildim», — deya tushuntirdi Xabek o‘z qarorini.
«Kelgusi yilda men turli xorijiy tadqiqot va ta’lim muassasalarida ilmiy izlanishlar olib boraman, dars beraman va tahsil olaman. Ulardan biri Kopenhagendagi Daniya xalqaro tadqiqotlar instituti. Yana biri Berklidagi Kaliforniya universiteti. Lekin boshqa tashkilotlar bilan ham hamkorlik qilaman», — deya davom etdi sobiq vazir.