Harorat 2 iyulda eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi, shu kuni Germaniya janubida, prognozlarga ko‘ra, taxminan 40°C, mamlakatning qolgan qismida — 35°C va undan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyani qamrab olgan haddan tashqari issiqlik Germaniyaga 1 iyul, seshanba kunidan boshlab keladi. Harorat 2 iyulda eng yuqori cho‘qqisiga chiqadi, shu kuni Germaniya janubida, prognozlarga ko‘ra, taxminan 40°C, mamlakatning qolgan qismida 35°C va undan yuqori harorat kutilmoqda.
Ispaniyaning Portugaliya bilan chegaradosh El-Granado shahrida 30 iyun kuni termometr ko‘rsatkichi +46°C ga ko‘tarildi. Bu butun kuzatuvlar tarixida Ispaniyadagi birinchi yoz oyidagi rekord haroratdir. Mamlakatning bir qancha hududlarida qizil ogohlantirish darajasi e’lon qilingan va odamlardan tushdan keyin ochiq havoda bo‘lmaslik so‘ralmoqda.
Rekord harorat sharoitida Ispaniyaning Sevilya shahrida BMTning taraqqiyotni moliyalashtirish bo‘yicha konferensiyasi bo‘lib o‘tdi va unda tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirok etdi. «Haddan tashqari issiqlik endi kamdan-kam uchraydigan hodisa emas — bu yangi odatiy holga aylandi. Sayyora tobora isib bormoqda — hech bir davlat bundan himoyalanmagan», — deya Guterrish iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda yanada ulug‘vor harakatlarga chaqirdi.
Fransiyaning O‘rta Yer dengizi sohili janubi-g‘arbidagi Oksitaniya hududida yuqori harorat tufayli yuzaga kelgan katta o‘rmon yong‘ini 400 gektar o‘rmonni yo‘q qildi. 1 iyul, seshanba kuni Parij va boshqa 15 departamentda kuchli jazirama tufayli qizil signal e’lon qilinadi.
Fransiya energetika vaziri Anes Pane-Ryunashe mamlakatdagi g‘ayritabiiy ob-havoni «misli ko‘rilmagan» deb atadi.