Italiya hukumati qariyb 40 yil oldin referendum orqali qabul qilingan qarorni o‘zgartirish va yadroviy energiyani qaytarish rejasini e’lon qildi.
Bu tashabbusni Bosh vazir Jorja Meloni energiya xavfsizligiga erishish va o‘zini o‘zi ta’minlash sari qo‘yilgan qadam, deb baholamoqda.
“China Daily” yozishicha, mamlakatda ko‘pchilik 1987 yilgi Chernobil fojiasidan keyin atom elektr stansiyalarini yopish uchun ovoz bergan. 2011 yil ham o‘sha paytdagi hukumat rahbari Silvio Berluskoni tomonidan mazkur ob’ektlarni qayta tiklashga urinish rad etilgan.
Yadroviy xavfsizlik va texnologiya sohasida ayni payt yuz berayotgan o‘zgarishlar esa ushbu taqiq bekor qilinishini taqozo etmoqda. Ya’ni, Italiya energiya ta’minotining 11 foizi yadroviy bo‘lsa, 2050 yilga borib 17,8 milliard dollar dekarbonizatsiya xarajatini tejash mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Uzoq muddatli maqsad yadro energiyasi hissasini ikki barobar oshirib, umumiy miqdorning 22 foiziga yetkazishdir.