Ilon Maskka tegishli “xAI” kompaniyasi “Grok3” neyron tarmog‘ini taqdim etdi. Endi bu tizim kompaniya veb-sayti orqali hamma uchun ochiq.
“AzerTAJ” xabar berishicha, mazkur vosita kontent yaratish va axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq turli muammolarni hal qila oladi.

– Shunday: dunyodagi eng aqlli sun’iy intellekt endi serverlarimiz ishdan chiqqunga qadar bepul mavjud, – deyilgan kompaniya bayonotida.
Biriktirilgan havola orqali chat-botni sinab ko‘rish mumkin. X va “SuperGrok” pulli obunachilari modelning ilg‘or funksiyalari va ovozli rejim kabi ayrim vositalardan barvaqt foydalanish imkoniga ega.
Tizimning hisoblash quvvati oldingi turlariga qaraganda 10 barobar yuqori. Neyron tarmoq javob berish uchun bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha vaqt sarflaydi. Kompaniya “Grok 3 mini” loyihasini ham taqdim etdi.
Ta’kidlanishicha, har ikki model hali o‘quv jarayonida va foydalanuvchilar fikr-mulohazasi asosida takomillashtiriladi.
Ilon Mask 2023 yil iyul oyida “xAI” yaratilishini e’lon qilgan, noyabrda esa “Grok” chat-botini taqdim etgan.
“Financial Times” ekspertlari tizimni dunyodagi eng yaxshi besh chat-bot qatoriga kiritgan.