Xitoylik olimlar Oyning Yerga qarama-qarshi tomonidan olingan tuproq namunalarida noyob meteorit moddalari — karbon xondrit elementlarini aniqladilar. Bu haqda Guanchjoudagi Geokimyo instituti tadqiqotchilari PNAS — AQSH Milliy fanlar akademiyasi materiallari jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qilgan.

Oy

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, karbon xondritlar suv va organik moddalar bilan boy meteoritlarda uchraydi hamda asosan Quyosh tizimi tashqarisidan keladi. Yerda bu turdagi moddalar juda kam uchraydi.

Mutaxassislarning fikricha, bu topilma Oy va Yer tarix davomida kutilganidan ko‘ra ko‘proq meteorit to‘qnashuvlariga duch kelganini ko‘rsatadi. Natijada, Oy yuzasida suv izlarining paydo bo‘lish jarayonini chuqurroq tushunish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu kashfiyot Oyda suvning tarqalishi va evolyutsiyasini o‘rganish bo‘yicha yangi tadqiqotlarga asos bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Mazkur namunalar Xitoyning “Chang’e-6” missiyasi doirasida olingan. 2024-yil 3-may kuni Oyga uchirilgan zond 2-iyun kuni janubiy qutbdagi Apollon krateriga qo‘ngan va u yerdan tuproq hamda tosh namunalarini yig‘ib, 25-iyun kuni Yerga qaytgan. Shu tariqa, Xitoy Oyning Yerga ko‘rinmas tomonidan namunalar olib kelgan ilk davlatga aylandi.