Yangi ilmiy tadqiqotga ko‘ra, keng qo‘llaniladigan Doksisiklin antibiotigi shizofreniya rivojlanish xavfini kamaytirishi mumkin. Bu haqda Euronews nashri American Journal of Psychiatry jurnalida chop etilgan maqolaga tayanib xabar berdi.

Finlyandiyada o‘tkazilgan tadqiqotda 56 mingdan ortiq o‘smir ishtirok etgan. Ulardan 16 ming nafari infeksiya yoki husnbuzarlarni davolash uchun Doksisiklin qabul qilgan bo‘lib, ushbu guruhda voyaga yetgach shizofreniya holatlari 30–35 foizga kam kuzatilgan.

Biroq olimlar bu natijalar Doksisiklin kasallikni aniq oldini oladi, degani emasligini ta’kidlagan. Dori miyadagi yallig‘lanishni kamaytirishi yoki ortiqcha neyronlarni yo‘qotish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Mutaxassislar fikricha, bu yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarur.