Turkiyada “Fergani Uzay Teknolojileri” kompaniyasi tomonidan to‘liq mahalliy resurslar asosida yaratilgan orbital transport kemasi YTA FGN-TUG-S01 fazoga uchirildi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Ege

Kema 28-noyabr kuni AQSHning Vandenberg havo bazasidan SpaceX’ning Falcon 9 raketasi yordamida orbitaga chiqarilgan. Raketadan ajralganidan so‘ng qurilma birinchi telemetriya ma’lumotlarini yuborib, o‘z missiyasini boshlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, FGN-TUG-S01 Turkiyaning ilk orbital shatakchisi bo‘lib, gibrid raketa dvigatelini bevosita orbitada ishga tushiradigan dunyodagi birinchi transport vositasi hisoblanadi. U sun’iy yo‘ldoshlarni turli orbitalarga ko‘chirish va ularning xizmat muddatini uzaytirish vazifalarini bajaradi.

Transport vositasining bort kompyuteri, avionikasi, quvvat taqsimlash bloklari va termal nazorat tizimlari Turkiyada ishlab chiqilgan. Ushbu missiya mamlakatga orbitada gibrid dvigatelni sinovdan o‘tkazgan birinchi davlat bo‘lish imkonini berdi.

Loyiha rahbari Selchuk Bayraktarning aytishicha, mazkur qurilma kelajakdagi “Ulug‘bey” global navigatsiya tizimi uchun texnologik zamin yaratadi. Kompaniya besh yil ichida 100 dan ortiq sun’iy yo‘ldoshni orbitaga joylashtirishni rejalashtirgan.