Avgustdan boshlab Turkish Airlines aviakompaniyasi litiy akkumulyatori alohida ajratib olinmaydigan aqlli chamadonlarni samolyotga olib chiqishni taqiqlagandi.
Turkiyaning AJet loukoster aviakompaniyasi yo‘lovchilarga parvoz vaqtida pauerbanklardan foydalanishni taqiqladi.
«Turkiya fuqaro aviatsiyasi bosh boshqarmasi tavsiyasiga ko‘ra, parvoz vaqtida quvvati 100 Vt/s gacha bo‘lgan litiy batareyali quvvatlagichlar (pauerbanklar) elektron sigaretlar, tashqi akkumulyatorlardan foydalanish taqiqlanadi, ularni qo‘l yukida olib yurish mumkin», — deb xabar berdi TRT Haber telekanali aviakompaniya bayonotiga tayanib.
Quvvati 100–160 Vt/s bo‘lgan litiy akkumulyatorlarni olib yurish uchun aviakompaniyadan ruxsat olish kerak bo‘ladi, quvvati 160 Vt/s dan yuqori bo‘lgan qurilmalarni esa ma’lum shartlarga rioya qilgan holda yukxonaga topshirish mumkin.
Avgustdan boshlab Turkish Airlines aviakompaniyasi litiy akkumulyatori alohida ajratib olinmaydigan aqlli chamadonlarni samolyotga olib chiqishni taqiqlagandi.
Shu yilning 28 yanvar kuni Janubiy Koreyaning Air Busan aviakompaniyasi Airbus A321-200 samolyoti parvozga tayyorlanayotgan vaqtda dum qismida yong‘in sodir bo‘lgan, yong‘inga yo‘lovchi bagajidagi pauerbank sabab bo‘lgani aytilgandi.