Ukraina Rossiya tomonidan shaharlar va energetika infratuzilmasiga yo‘naltirilayotgan murakkab havo hujumlariga qarshi kurashish maqsadida arzon va samarali tutib qoluvchi dronlarni ishlab chiqarmoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur dronlar odatiy raketa tizimlariga nisbatan ancha arzon bo‘lib, yuqori balandlikda uchuvchi kamikadze dronlarni yo‘q qilish imkoniyatiga ega. Mutaxassislar ularni dala sharoitida tezkor tarzda yig‘moqda: antennalar va sensorlar yengil konstruksiyalarga o‘rnatilib, boshqaruv pultlari va monitorlar orqali ishga tushiriladi.
Ukrainaning innovatsion tutib oluvchi dronlaridan biri termosga o‘xshash ko‘rinishga ega bo‘lgan Sting droni hisoblanadi. Bo‘linma qo‘mondonining aytishicha, ushbu tizimlar Rossiyaning tobora tezroq va balandroq parvoz qilayotgan kamikadze dronlarini zararsizlantirishga qodir.
Ukraina shaharlari va energetika obyektlariga qarshi muntazam tungi hujumlar mamlakatni havo mudofaasi strategiyasini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilgan. Natijada narxi ming dollar atrofida bo‘lgan arzon tutib qoluvchi dronlar ishlab chiqilib, 2025-yil davomida qisqa muddat ichida prototipdan ommaviy ishlab chiqarish bosqichiga o‘tkazilgan.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, Ukraina mudofaa yondashuvi endi qimmat va cheklangan an’anaviy qurollarga emas, balki tez moslashuvchan, ommaviy ishlab chiqariladigan va iqtisodiy jihatdan samarali tizimlarga tayanmoqda.
Sting droni ko‘ngillilar tomonidan tashkil etilgan Wild Hornets startapi tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Uni uchuvchilar monitorlar yoki FPV (birinchi shaxs ko‘rish tizimi) orqali boshqaradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, urush davomida yo‘q qilinayotgan Rossiya dronlarining har biri 10 mingdan 300 ming dollargacha baholanadi.
Shuningdek, Rossiya asosan Eron ishlab chiqargan Shahed kamikadze dronlaridan foydalanayotgani, ularning shovqini kamaytirilgan va turboreaktiv dvigatelli variantlari ham mavjudligi qayd etilg