Xitoydagi Xarbin sport universiteti tadqiqotchilari uyqu sifatini yaxshilashning samarali usullaridan birini aniqladi.

Uyq

O‘rganish natijalariga ko‘ra, yoga uyquni yaxshilashda boshqa jismoniy mashqlarga nisbatan samaraliroq bo‘lishi mumkin. Mazkur xulosalar uyqusi buzilgan turli yoshdagi 2500 dan ortiq ishtirokchi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga asoslangan.

Aniqlanishicha, haftasiga ikki marta, taxminan 30 daqiqa davomida yoga bilan shug‘ullanish oddiy yurish, kuch ishlatish mashqlari va aerobikaga qaraganda yaxshiroq natija beradi. Mutaxassislar bunga yoga nafaqat mushaklarni mustahkamlashi va cho‘ziluvchanlikni oshirishi, balki nafas olishni nazorat qilishni ham o‘rgatishi sabab bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Ushbu ko‘nikma dam olish va ovqat hazm qilish jarayonlariga mas’ul bo‘lgan parasimpatik asab tizimi faollashuviga yordam beradi. Bu esa sifatli uyqu uchun muhim omil hisoblanadi.

Bundan tashqari, to‘g‘ri nafas olish organizmni, xususan, miyani kislorod bilan ta’minlaydi. Mutaxassislar bir daqiqada 12–20 marta nafas olish me’yor hisoblanishini qayd etmoqda. Tinch va muvozanatli nafas olish asab tizimini tinchlantirib, tezroq uxlab qolishga yordam beradi.

Qon aylanishini yaxshilash va organizmni kislorod bilan maksimal darajada to‘yintirish uchun burun orqali nafas olish tavsiya etiladi. Shuningdek, olimlar yoga miya to‘lqinlari faolligini tartibga solib, yanada chuqur va sifatli uyquga xizmat qilishini qayd etgan.