Xitoyning janubi-g‘arbida joylashgan Sychuan provinsiyasida qoyatosh devoridan topilgan dinozavr izlari ilmiy jihatdan tasdiqlandi. Mazkur izlarni dastlab bir sayyoh payqab, keyinchalik ularning haqiqiyligini Xitoy Geologiya fanlari universiteti tadqiqotchilari aniqladi.

Tadqiqot guruhiga rahbarlik qilayotgan olim Sin Lida topilmaning ahamiyatini quyidagicha izohladi:
“Ushbu joyning alohida qiymati shundaki, kamida to‘rtta qatlamda dinozavr izlari saqlangan. Bu esa dinozavrlar bu hududda uzoq muddat yashaganini taxmin qilish imkonini beradi”.
Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, izlar orasida turli o‘lchamdagi teropod — go‘shtxo‘r dinozavrlar qoldirgan izlar, shuningdek, qadimgi arxozavr-reptiliyalarga xos bo‘lgan xiroteriy tipidagi izlar aniqlangan.
Shuningdek, izlar yaqinidan qadimiy ekotizimni tasvirlab beruvchi qazilma yog‘och qoldiqlari — yiqilgan daraxtlar va tik saqlangan qadimiy kesaklar topilgan. Olimlar fikriga ko‘ra, bu topilmalar Sychuan hududida o‘sha davrdagi tabiiy muhit haqida muhim ilmiy ma’lumot beradi hamda mintaqadagi dinozavrlarning evolyutsiyasini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi.