Xitoyda avtohalokatda vafot etgan erkakning oilasi uning 80 yoshli onasini o‘g‘li tirikligiga ishontirish uchun marhumning sun’iy intellekt yordamida raqamli klonini yaratdi.

South China Morning Post nashrining yozishicha, raqamli nusxa marhumning foto, video va audioyozuvlari asosida tayyorlangan bo‘lib, u nafaqat o‘xshash ovozda gapiradi, balki suhbat paytida egilish kabi o‘ziga xos harakatlarini ham takrorlaydi.
Hozirda marhumning onasi o‘g‘li bilan muntazam videoaloqa orqali muloqot qilmoqda. Ayolga o‘g‘lining o‘limi haqida aytilmagan, u farzandini boshqa shaharda ish bilan band deb o‘ylaydi. Suhbatlar davomida raqamli klon onasiga o‘zini ehtiyot qilishni tayinlaydi va ishlari ko‘pligi sababli qachondir ko‘rishishga va’da beradi.