Ijtimoiy tarmoqlarda to‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan bildirilayotgan fikrlarga Markaziy bank izoh berdi.
“To‘lov tizimlari operatorlari, elektron pullar tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan fikrlar bildirilmoqda
Ichki elektron pul o‘tkazmalari yuzasidan ma’lumotlarga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha, Ichki nazorat qoidalarining 312 – bandiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumotlarni jo‘natuvchining identifikatsion ma’lumotlari bilan birga yuborilishini ta’minlashlari kerakligi belgilanmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu band talablari mijozlarga qo‘shimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi.
Sababi, ushbu talab to‘lov tashkilotlari va banklar o‘rtasida ma’lumot almashinuvi bo‘yicha majburiyatlarga taalluqli bo‘lib, mijoz tomonidan akkaunt ochilishida olingan, ya’ni mavjud identifikatsion ma’lumotlarni bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul o‘tkazmalarida o‘tkazma bilan birga yuborilishini ta’minlashlari lozimligini anglatadi”, deyiladi xabarda.