Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024 yilda davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasidan xususiy sektorda band boʻlgan ayollarga toʻlab berilgan homiladorlik va tugʻish nafaqasi boʻyicha maʼlumot berdi.

D68ade7dbd8854c44819a9abfecba69e

Qayd etilishicha, oʻtgan yil davomida 15 ming 178 nafar fuqaroga 38,1 milliard soʻm nafaqa pullari toʻlangan — 2023 yilda ushbu koʻrsatkich 33,1 milliard soʻmni tashkil etgan.

Nafaqa miqdori — 2 million 592 ming soʻm, minimal isteʼmol xarajatlarining toʻrt baravarini tashkil etgan.

Nafaqa oluvchi — byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxsda va yakka tartibdagi tadbirkorda mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayol.

Photo 2025 02 18 17 14 06

Nafaqa oluvchilarning eng koʻpi Toshkent shahrida joylashgan — 3 481 nafar ayol. Ularga jami 8 milliard 737 million soʻm toʻlangan (respublika boʻyicha ulushi 22,9 foiz). Undan keyingi oʻrinlarni 3 412 nafar ayol bilan Toshkent viloyati (8 milliard 576 million soʻm) va 1 374 koʻrsatkich bilan Fargʻona viloyati egallagan (3 milliard 546 million soʻm).