Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 1-oktabrdan moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etilishini eslatdi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-apreldagi qarorida belgilangan.

Ma’lum qilinishicha, moped va skuter haydovchilari yo‘l harakati qoidalarini bilishi va ularga rioya qilishi shart. Shu bois Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-son qaroriga muvofiq, ular malaka oshirishdan o‘tib, “A” toifasidagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi zarur.
Avvalroq hukumatning 2024-yil 8-iyul va 9-avgustdagi qarorlari bilan 1-martdan boshlab moped va skuterlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat raqam belgilarini olish hamda “A” toifali guvohnoma talab etilishi belgilangan edi. Biroq, Vazirlar Mahkamasining 12-apreldagi qarori bilan ushbu muddat 1-oktabrga qadar uzaytirildi.
Shuningdek, ekspluatatsiyadagi moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga oid vaqtinchalik nizomning amal qilish muddati ham 2024-yil 31-sentyabrgacha cho‘zildi.