Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025/2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlanganini e’lon qildi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin (Qayd varag‘i degan sahifada yuklab olish tugmasi paydo bo‘lgan).

Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda  professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 25-iyun kuni yakunlangandi.