AQShning Nyu York shahrida davom etayotgan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha yuqori darajadagi siyosiy forumida O‘zbekistonning suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlari xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi. UN-Water baholashiga ko‘ra, O‘zbekiston 2026-yilda “Toza suv va sanitariya” yo‘nalishida eng katta natijaga erishgan uch davlatdan biri sifatida e’tirof etildi.
Forumda Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev mamlakatimizda Barqaror rivojlanishning 6-maqsadi — “Toza suv va sanitariya” yo‘nalishida amalga oshirilgan islohotlar va ularning amaliy samaralari haqida ma’ruza qildi. BMTning suv resurslari va sanitariya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi platforma — UN-Water baholashiga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston mazkur yo‘nalishda sezilarli natijaga erishgan uchta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi. Ro‘yxatdan shuningdek Xitoy va San-Tome va Prinsipi ham o‘rin olgan.
Xalqaro maydonda O‘zbekistonning suv sohasida amalga oshirayotgan islohotlari va tashabbuslari tobora kengroq qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu BMT, Finlyandiya va Niderlandiya rasmiylari bilan o‘tkazilgan qator uchrashuvlarda ham o‘z tasdig‘ini topdi.
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari hamda BMT Taraqqiyot dasturi administratori o‘rinbosari Xaolyan Syuy O‘zbekistonning suv xo‘jaligida qisqa muddatda erishgan natijalari, innovasion yechimlarni joriy etish sur’atlari katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.
Uning qayd etishicha, bu o‘zgarishlar Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan qat’iy siyosiy islohotlar samarasidir. BMT Taraqqiyot dasturi mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Szyunxua bilan muzokaralarda suv xavfsizligi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalasi muhokama qilindi. Ayniqsa, O‘zbekiston tashabbusi bilan Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan suv tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga BMT maqomini berish hamda uni doimiy global muloqot platformasiga aylantirish taklifi to‘liq qo‘llab-quvvatlandi. BMT mazkur forumni yuqori darajada tashkil etish uchun har tomonlama ko‘mak berishini ma’lum qildi.
Finlyandiyaning suv masalalari bo‘yicha maxsus elchisi Antti Rautavaara O‘zbekistonda suv xavfsizligining milliy ustuvorlik darajasiga ko‘tarilganini yuqori baholadi. Uchrashuvda transchegaraviy suv resurslarini boshqarish, BMTning xalqaro suv konvensiyalari doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, davlat, ilm-fan va xususiy sektorni birlashtiruvchi Finnish Water Forum tajribasini Markaziy Osiyoda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar suv diplomatiyasi, tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.
Niderlandiyaning suv resurslari bo‘yicha maxsus vakili Mayke van Ginneken bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini boshqarish, transchegaraviy hamkorlik va Yevropa tajribasi muhokama qilindi. Niderlandiya tomoni hatto suvga boy mamlakatlarda ham suv taqchilligi dolzarb masalaga aylanayotganini qayd etib, bu sohada xalqaro hamkorlikning ahamiyati tobora ortib borayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli suv islohotlari yuqori baholanib, ushbu yo‘nalishda yaqin hamkorlik qilishga tayyorlik bildirildi.
Mazkur uchrashuvlar O‘zbekiston nafaqat mamlakat ichida suv resurslarini samarali boshqarish tizimini shakllantirayotganini, balki suv xavfsizligi, suv diplomatiyasi va barqaror rivojlanish masalalarida xalqaro hamkorlikning faol tashabbuskori sifatida ham o‘z mavqeyini mustahkamlab borayotganini ko‘rsatdi.
AQShning Nyu York shahrida davom etayotgan BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha yuqori darajadagi siyosiy forumida O‘zbekistonning suv xo‘jaligi sohasidagi islohotlari xalqaro hamjamiyatga taqdim etildi. UN-Water baholashiga ko‘ra, O‘zbekiston 2026-yilda “Toza suv va sanitariya” yo‘nalishida eng katta natijaga erishgan uch davlatdan biri sifatida e’tirof etildi.
Forumda Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Timur Butunbayev Barqaror rivojlanishning 6-maqsadi — “Toza suv va sanitariya” yo‘nalishida mamlakatda amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari haqida ma’ruza qildi.
BMTning suv resurslari va sanitariya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi UN-Water platformasi baholashiga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur yo‘nalishda sezilarli yutuqqa erishgan uch davlat qatoridan joy oldi. Ro‘yxatga, shuningdek, Xitoy hamda San-Tome va Prinsipi kiritilgan.
Forum doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi BMT, Finlyandiya va Niderlandiya rasmiylari bilan suv resurslarini boshqarish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari va BMT Taraqqiyot dasturi administratori o‘rinbosari Xaolyan Syuy O‘zbekistonda suv xo‘jaligi sohasida qisqa muddatda erishilgan natijalar hamda innovatsion yechimlarni joriy etish sur’atlarini yuqori baholab, bu islohotlar Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan siyosat samarasi ekanini ta’kidladi. U BMT Taraqqiyot dasturi ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Szyunxua bilan muzokaralarda suv xavfsizligi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston tashabbusi bilan Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan suv tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga BMT maqomini berish hamda uni doimiy global muloqot maydoniga aylantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Finlyandiyaning suv masalalari bo‘yicha maxsus elchisi Antti Rautavaara O‘zbekistonda suv xavfsizligi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylanganini qayd etdi. Uchrashuvda transchegaraviy suv resurslarini boshqarish, BMTning xalqaro suv konvensiyalari doirasidagi hamkorlik va Finnish Water Forum tajribasini Markaziy Osiyoda qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi.
Niderlandiyaning suv resurslari bo‘yicha maxsus vakili Mayke van Ginneken bilan uchrashuvda esa iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini boshqarish, transchegaraviy hamkorlik va Yevropa tajribasi yuzasidan fikr almashildi. Niderlandiya tomoni hatto suv resurslariga boy davlatlarda ham suv taqchilligi dolzarb muammoga aylanayotganini qayd etib, bu borada O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.
Rasmiylarga ko‘ra, forum doirasidagi uchrashuvlar O‘zbekistonning suv resurslarini boshqarish, suv diplomatiyasi va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslari keng qo‘llab-quvvatlanayotganini yana bir bor namoyish etdi.