OpenAI kompaniyasi 70 dan ortiq rivojlanayotgan davlatlarda, jumladan O‘zbekistonda ham, “ChatGPT Go” nomli yangi, arzonroq tarifni joriy etdi. Ushbu tarif doirasida foydalanuvchilar oyiga taxminan 6 dollar evaziga ChatGPT xizmatidan kengaytirilgan imkoniyatlar bilan foydalanishlari mumkin.

Chat

Yangi tarif foydalanuvchilarga sun’iy intellekt asosida matn, tasvir va fayllar bilan ishlash, shuningdek, shaxsiylashtirilgan xotira (memory) funksiyasidan foydalanish imkonini beradi.

OpenAI ma’lumotlariga ko‘ra, “ChatGPT Go” rejasi rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ular orasida Osiyodagi bir qator davlatlar — Afg‘oniston, Bangladesh, Kambodja, Laos, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston, Filippin va boshqalar ham bor.

Bungacha kompaniyaning eng arzon obuna rejasi — ChatGPT Plus — oyiga 20 dollarni tashkil etgan. Yangi “ChatGPT Go” tarifi esa sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, global miqyosda ommalashishi kutilmoqda.