Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida o‘tkazilgan tungi reyd davomida Chirchiq daryosi o‘zani bo‘ylab davlat raqami yechib olingan yuklagich yordamida qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olinayotgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Qmm

Natijada “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” hamda “Yerosti boyliklari to‘g‘risida”gi qonunlar buzilgan va tabiatga 83 milliard 357 million so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani qayd etildi.

Mazkur holat bo‘yicha yuk tashuvchi transport vositasi jarima maydonchasiga qo‘yildi, hujjatlar esa huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborildi.