Fargʻonalik maktab oʻquvchisi Garvard universitetiga 100 foizlik grantni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari Hilola Umarova xabar qildi.

Dgg

Qayd etilishicha, toʻrt yillik grant sohibasi boʻlgan Fargʻona shahri Prezident maktabi 11-sinf oʻquvchisi Sobirova Dilafroʻz Salohiddin qizi ushbu universitetning integrativ biologiya yoʻnalishiga qabul qilingan. Dilafroʻz 2008-yil 1-aprelda Fargʻona viloyati Quva tumanida tugʻilgan.

U SAT xalqaro imtihonidan 1540 ball, IELTS imtihonidan esa 8.0 ballni qoʻlga kiritgan. Asosiy fan olimpiadasida ingliz tilidan Fargʻona viloyatida 1-oʻrin hamda nemis tili multilevel imtihonidan B2 daraja olgan.

Dilafroʻz “Raqamli avlod qizlari” tanlovida oʻzining EcoHelp deb atalgan loyihasi bilan ishtirok etgan. Loyiha chiqindidan bioyoqilgʻi olishga qaratilgan.