AQSH Adliya vazirligi eʼlon qilgan 3 milliondan ortiq hujjatlar orasida milliarder Jeffri Epshteynning o‘zbekistonlik qiz bilan yozishmalari ham mavjud.

Hujjatlarga ko‘ra, qiz 2012-yilda Epshteynga elektron pochta orqali murojaat qilgan. U o‘qish uchun xorijga chiqish, moddiy xarajatlarni qoplash va vizani olishda yordam so‘ragan. Qizning yozishmalarida Malayziya va Angliyadagi o‘qish, Parijdagi Nyu York Film akademiyasi kurslari, tish davolash va boshqa xarajatlar haqida gap boradi.
Hujjatlar shuni ko‘rsatadiki, Epshteyn qizning Parijda o‘qish xarajatlari va aviachiptalarni to‘lashi, shuningdek, u xorijga chiqish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlagan. Shu bilan birga, u o‘zining viza va xorijga chiqishdagi cheklovlari bilan bog‘liq qiyinchiliklarni qizga yozgan.
Hujjatlarda Epshteyn va qiz o‘rtasidagi yozishmalarning tafsilotlari mavjud bo‘lsa-da, milliarderning saxovatiga nisbatan qizdan nima kutgani yoki munosabatlarning boshqa jihatlari aniq ko‘rsatilmagan. Bu masala hali bahs-munozaralar markazida qolmoqda va hujjatlarning katta qismi hali o‘rganilmagan.