Ozod Bobomurodov Jizzax viloyati hokimining raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ukt

Mazkur tayinlov Jizzax viloyati hokimining tegishli qarori bilan amalga oshirilgan. Ozod Bobomurodov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Jizzax shahridagi Qozon federal universiteti filiali ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Ma’lumki, O‘zbekistonda shahar va tuman hokimlarining raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha maslahatchisi lavozimini joriy etish tashabbusi 21 oktyabr kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ilgari surilgan edi. Unda vazirlar hamda tarmoq rahbarlarining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida sun’iy intellektni rivojlantirish uchun ham mas’ul bo‘lishi belgilangan.

Shuningdek, barcha vazirliklar va hokimliklarga o‘z tuzilmasida sun’iy intellektni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi alohida bo‘linmalar tashkil etish vazifasi yuklatilgan. Mazkur chora-tadbirlar hududlarda raqamli transformatsiyani jadallashtirish hamda boshqaruv jarayonlarida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgan.