Bilimni baholash agentligi 25-sentabrdan oliygohlarga 56,7 va undan yuqori ball to‘plab, talabalikka qabul qilinmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha tanlovga ro‘yxatdan o‘tish boshlanganini ma’lum qildi.

Unn

Qo‘shimcha tanlovda abituriyentlar OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant o‘rinlardan fanlar majmuasi mos bo‘lgan beshtagacha yo‘nalishni tanlashi mumkin. Tanlov yakunida ular to‘plagan ballari ketma-ketligi asosida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish 3-oktyabrgacha davom etadi, mandat natijalari esa 8-oktyabrgacha e’lon qilinadi. Qo‘shimcha tanlov uchun kunduzgi ta’limga 19 279 ta, kechki ta’limga 7058 ta va masofaviy ta’limga 2544 ta kvota ajratilgan.