Umumtaʼlim muassasalari direktor va ularning oʻrinbosarlari faoliyati endilikda 100 ballik samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholanadi. Natijalarga qarab ularga bazaviy tarif stavkasining 20 foizigacha oylik ustama belgilanadi.

720 80 055775acb7ec4ef51c4696015d2ee240

Baholashda akademik va tarbiyaviy ishlar, moliyaviy faoliyat hamda maktabning malakali oʻqituvchilar bilan taʼminlanganlik darajasi inobatga olinadi. Koʻrsatkichlarni baholash metodikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Shuningdek, ijobiy natijaga erishgan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari bazaviy stavkaga nisbatan 20 foizgacha ragʻbat oladi. “Zakovat” klublari koordinatorlariga esa tarif stavkasining 50 foizi miqdorida bir martalik toʻlov toʻlanadi.