Munira Aminova O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Oli

U tayinlovga qadar Toshkentda Buyuk Britaniyaning Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetiga rektorlik qilgan. Shuningdek, 2024-yildan buyon O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Munira Aminova mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligi, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi tuzilmalari, Bryusseldagi Xalqaro ma’muriy fanlar instituti, Yevropa Ittifoqi dasturlari, shuningdek, Belgiya va Niderlandiyadagi oliy ta’lim muassasalarida turli lavozimlarda ishlagan.

U siyosiy fanlar doktori. Toshkent davlat texnika universiteti, Buyuk Britaniyaning Birmingem universiteti va Bryusseldagi Vrije universitetida tahsil olgan.