Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasini va kasbiy mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Mt

Mazkur Nizom orqali musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlari o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash, hamda ularni sertifikatlash tartibi huquqiy jihatdan mustahkamlandi.

Sertifikatlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 3 yil muddatga elektron shaklda beriladi. Baholash natijalariga ko‘ra o‘qituvchilarga quyidagi darajadagi sertifikatlar topshiriladi:

  • A+ darajali – 70 va undan yuqori ball to‘plaganlarga
  • A darajali – 65–69,9 ball to‘plaganlarga
  • B+ darajali – 60–64,9 ball to‘plaganlarga
  • B darajali – 55–59,9 ball to‘plaganlarga
  • C+ darajali – 50–54,9 ball to‘plaganlarga
  • C darajali – 46–49,9 ball to‘plaganlarga

Baholash jarayoni amaliy (ijodiy) imtihon hamda test sinovlarining o‘rtacha natijalari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, B+ va undan yuqori darajadagi sertifikat olgan o‘qituvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama to‘lov belgilanadi.

Mazkur hujjat o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularning mehnatini munosib rag‘batlantirishga qaratilgan navbatdagi muhim qadam hisoblanadi.