O‘zbekistonda “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Yangilanishlar nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomini aniqlashtirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Qonunga muvofiq, endilikda bosh muharrir lavozimiga faqat oliy ma’lumotga va noshirlik faoliyatida kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi. Uni tegishli tashkilotning muassisi yoki rahbari lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
Shuningdek, nashriyot mahsulotlarini chop etish to‘g‘risidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinishi belgilandi. Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.