Hukumatning tegishli qaroriga muvofiq, endilikda chet tili birinchi fan etib belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga kirishda B1 darajadagi sertifikat ham imtiyoz beradi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Dw

Qayd etilishicha, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan hisoblangan yo‘nalishlarga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, bunday yo‘nalishlarga hujjat topshirayotgan abituriyentlardan:

  • B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lganlarga chet tili fanidan belgilangan maksimal ballning 75 foizi,
  • B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lganlarga esa ushbu fan bo‘yicha maksimal ball beriladi.

Avval mazkur ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat talab etilgan.