Oʻzbekistonliklar 11 oyda taʼlim xizmatlari uchun qancha mablagʻ sarflagani maʼlum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.

Tht

Maʼlumotlarga koʻra, respublikada 2025-yilning yanvar noyabr oylarida taʼlim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 34,2 trillion soʻmni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 8,8 foizga yuqoridir.

Taʼlim uchun eng katta mablagʻ sarflangan hudud 16,6 trillion soʻm bilan Toshkent shahri boʻldi. Undan keyingi oʻrinlarda 2,5 trillion soʻm bilan Samarqand va ushbu yoʻnalishda 2,2 trillion soʻm ishlatilgan Fargʻona viloyatlari turibdi.

Qolgan hududlarda holat quyidagicha:

  • Andijon viloyati – 1,7 trillion soʻm;
  • Buxoro viloyati – 1,7 trillion soʻm;
  • Namangan viloyati – 1,7 trillion soʻm;
  • Toshkent viloyati – 1,6 trillion soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati – 1,5 trillion soʻm;
  • Surxondaryo viloyati – 1,2 trillion soʻm;
  • Xorazm viloyati – 1,1 trillion soʻm;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 1 trillion soʻm;
  • Jizzax viloyati – 532,3 milliard soʻm.

Eng past natijani taʼlimda bozor xizmatlari hajmi 438,5 milliard soʻm boʻlgan Navoiy viloyati va 343,7 milliard soʻm boʻlgan Sirdaryo viloyatlari qayd etdi.