O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida rahbarlik lavozimlariga oid o‘zgarishlar yuz berdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 5-sentabr kuni Senat qaroriga ko‘ra, Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari – Sudlov hay’ati raisi Ikrom To‘xtamurodovich Muslimov lavozimidan ozod etildi.
Ushbu lavozimga Alisher Otaxonovich Usmonov 5 yil muddatga saylandi. U bunga qadar Namangan viloyati sudi raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Shuningdek, Senat qaroriga muvofiq, Oliy sud sudyasi Nodira Jalolovna Hakimova lavozimidan ozod etildi. U joriy yil iyul oyida Prezident Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan hamda avgust oyida davlat rahbariga sud tizimidagi o‘zgarishlar yuzasidan taqdimot qilgan edi.