Hukumat qarori bilan “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining amaliyot o‘tashi va ularni ishga joylashtirish tizimini raqamlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Uko

Nizomga ko‘ra:

  • ta’lim tashkiloti har yili 1 oktyabrgacha “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAKga kiritilgan korxona bilan bitiruvchilar amaliyotini o‘tash bo‘yicha shartnoma tuzish uchun platforma orqali murojaat qiladi;
  • amaliyotni tashkil etish yuzasidan ta’lim tashkiloti va korxona o‘rtasidagi shartnoma amaliyot boshlanishidan kamida 3 hafta oldin platforma orqali rasmiylashtiriladi;
  • ta’lim tashkiloti har yili yakuniy davlat attestatsiyasi xulosasi asosida bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlarni platformaga kiritadi;
  • korxona esa Dasturga har oyning 25-sanasigacha o‘zlari uchun zarur kadrlar, jumladan vakant lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritib boradi.

Ishga qabul qilingan va mehnat shartnomalari Dasturda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bitiruvchilar platformada avtomatik tarzda “bandligi ta’minlangan” sifatida qayd etiladi.