O‘zbekistonda ilk bor yetti oylik bolaga jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi. Jarrohlik amaliyoti Bolalar milliy tibbiyot markazida amalga oshirilib, bemorning onasi donor sifatida ishtirok etdi.

Markaz mutaxassislari ma’lumotiga ko‘ra, operatsiya bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarda jigar ko‘chirib o‘tkazishga doir yuqori texnologik jarayon bo‘lib, dunyoning kam sonli davlatlarida qo‘llanadi. Bemor ham, donor ham to‘liq markazning o‘zida tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Onadan olingan jigar segmenti bola tanasiga ko‘chirib o‘tkazildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, operatsiya jarayoni asoratsiz o‘tgan. Donor – bolaning onasi sog‘lom holatda shifoxonadan chiqarilganBola ham shifokorlar nazorati ostida bo‘lib, holati barqaror va qoniqarli baholanmoqda. Uni ham yaqin kunlarda uyiga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.