Atamalar komissiyasining ishchi kengashi — Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan 66 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi. Qaror tegishli tashkilotlar ishchi guruhlari hamda jamoatchilik tomonidan yuborilgan takliflar asosida qabul qilindi.

Ma’lum qilinishicha, tasdiqlangan muqobillar orasida quyidagilar bor:

  • anomalg‘ayritabiiy
  • bonusqo‘shimcha siylov
  • vertolyottikuchar
  • rakovinachig‘anoq, chanoq
  • suflyorshivirchi, pichirlovchi
  • emojiimo

Ishchi kengash milliy muqobillar bo‘yicha bildiriladigan boshqa fikr va takliflar ham kelgusida ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qildi.