2025 yilning 28 avgust kuni soat 9:35 holatiga O‘zbekiston doimiy aholisi soni 38 000 000 kishiga yetdi. 

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 mln bo‘ldi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2025 yilning 28 avgust kuni soat 9:35 holatiga O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 38 000 000 kishiga yetdi. 

Bunda:

  • erkaklar soni – 19 136 800 nafar;
  • ayollar soni – 18 863 200 nafar.

O‘zbekistonning doimiy aholisi sonida erkaklar soni ayollarga nisbatan 273 600 nafarga ko‘p.