Speedtest Global Index’ning 2025-yil iyun oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida 103 davlat ichida 71-o‘rinni egalladi.
Mamlakatda mobil internet o‘rtacha tezligi 55,78 Mbit/sekundni tashkil etgan. May oyi bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich o‘zgarmagan.
Ushbu reyting bo‘yicha MDH davlatlaridagi mobil internet o‘rtacha tezligi taqqoslanganda Qozog‘iston birinchi o‘rinda bo‘ldi.
Quyida davlatlar ketma-ketligi va mobil internet o‘rtacha tezligi (Mbit/s) keltirildi.
Reytingda dastlabki uch pog‘onani BAA (546,14 Mbit/s), Qatar (517,44 Mbit/s), Kuvayt (378,45 Mbit/s) egalladi. Eng quyi pog‘onalardan esa Esvatini (18,36 Mbit/s), Belarus (17,97 Mbit/s), Boliviya (13,192 Mbit/s) davlatlari joy oldi.