O‘zbekiston elchisi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) Oybek Shaxavdinov Serbiya axborot va telekommunikatsiyalar vaziri Boris Bratina bilan muzokara o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida Serbiya tomoni O‘zbekistonning Raqamli texnologiyalar vazirligi va boshqa tegishli tuzilmalari bilan uzoq muddatli hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini bildirdi.

Muloqot chog‘ida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, raqamli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqish va keyinchalik uchinchi davlatlar bozorlariga chiqish bo‘yicha hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirgan holda, o‘zaro muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.