Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida mamlakatda 12 yillik umumta’lim tizimiga o‘tish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.

Nhj

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda qamrov darajasi 100 foizga yaqin bo‘lgan maktabga tayyorlov guruhlari maktab ta’limi tizimiga qo‘shilib, milliy ta’lim tizimi xalqaro standartlarga yaqinlashtiriladi.

Rajabov ta’kidlaganidek, mazkur tizim o‘quvchilarga xorijiy oliy ta’lim muassasalarida foundation kurslarini o‘tash zaruratini bartaraf etadi va ularga bevosita bakalavriat bosqichiga kirib o‘qish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga, 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.