O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan kam ta’minlangan oilalardagi 13 mingdan ortiq o‘quvchiga maktab formasi va o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

Ml

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining xabar berishicha, respublikada faoliyat yuritayotgan 2 161 ta masjid xodimlari ishtirokida 11 144 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktab formalari va o‘quv qurollari hadya qilingan.

Xayriya tadbirlari doirasida ko‘rsatilgan yordamning umumiy qiymati 4 milliard 929 million 995 ming so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, 2026-yilda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan 1 500 nafar yetim va chin yetim bolaga bayram sovg‘alari, maktab formalari hamda o‘quv qurollari topshirilgan.

Jumladan, Farg‘ona viloyatida 302 nafar, Samarqand viloyatida 243 nafar va Qashqadaryo viloyatida 215 nafar boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchiga yordam ko‘rsatilgan.

Bugun, 2-sentyabr kuni, O‘zbekiston maktablarida 2026/27-o‘quv yili boshlandi. Yangi o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilingan 795 mingdan ortiq bolaga “Prezident sovg‘asi” ham tantanali tarzda topshiriladi.