O‘zbekistonda 2026/2027-o‘quv yilida rahbar va pedagog xodimlariga ustama to‘lanadigan 601 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi ro‘yxati tasdiqlandi. Mazkur maktablarda xodimlarga 40 foizgacha ustama to‘lanishi mumkin.

Ro‘yxat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 359-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

Ma’lum qilinishicha, hududlardagi maktablar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida faoliyat yurituvchi Monitoring guruhlari tomonidan shakllantirilgan.

Dastlab ustama to‘lanadigan maktablar ro‘yxatiga 686 ta ta’lim muassasasi kiritilgan. Keyinchalik belgilangan talablarni buzgan 85 ta maktab ro‘yxatdan chiqarilgan.

Natijada 2026/2027-o‘quv yili uchun rahbar va pedagog kadrlarga ustama to‘lanadigan maktablar soni 601 tani tashkil etgan.