O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarida 40 yosh va undan katta 53 483 nafar talaba tahsil olgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Mazkur ko‘rsatkich 2010/2011-o‘quv yiliga nisbatan 52 867 nafarga ko‘p. O‘sha davrda oliy ta’limda 40 yoshdan katta atigi 616 nafar talaba o‘qigan.
Yillar kesimida bu toifadagi talabalar soni quyidagicha o‘zgargan:
- 2010/2011 — 616 nafar;
- 2015/2016 — 170 nafar;
- 2016/2017 — 174 nafar;
- 2017/2018 — 2 142 nafar;
- 2018/2019 — 7 004 nafar;
- 2019/2020 — 9 751 nafar;
- 2020/2021 — 10 110 nafar;
- 2021/2022 — 10 531 nafar;
- 2022/2023 — 20 247 nafar;
- 2023/2024 — 36 113 nafar;
- 2024/2025 — 44 022 nafar;
- 2025/2026 — 53 483 nafar.
Statistikaga ko‘ra, 40 yoshdan katta talabalar soni ayniqsa 2022/2023-o‘quv yilidan keyin sezilarli oshgan. 2022/2023-yilda 20 247 nafar bo‘lgan ko‘rsatkich 2025/2026-o‘quv yiliga kelib 53 483 nafarga yetgan.
Hududlar kesimida 40 yoshdan katta talabalar soni Toshkent shahrida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.
2025/2026-o‘quv yilida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida jami 1 million 535 ming nafar talaba tahsil olgan. 40 yosh va undan kattalar ulushi jami talabalar sonining qariyb 3,5 foizini tashkil etgan.