O‘zbekistonda bir kg oshga ketadigan mahsulotlarning o‘rtacha narxi bo‘yicha statistika e’lon qilindi.
Milliy statistika qo‘mitasi kuzatuv natijalariga ko‘ra, hududlar kesimida bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlarning o‘rtacha qiymati (2025-yil aprel oyi uchun):
- Qoraqalpog‘iston R. — 95 700 so‘m
- Andijon viloyati — 102 000 so‘m
- Buxoro viloyati — 105 500 so‘m
- Jizzax viloyati — 106 800 so‘m
- Qashqadaryo viloyati — 107 400 so‘m
- Navoiy viloyati — 106 400 so‘m
- Namangan viloyati — 106 500 so‘m
- Samarqand viloyati — 108 400 so‘m
- Surxondaryo viloyati — 106 900 so‘m
- Sirdaryo viloyati — 102 200 so‘m
- Toshkent viloyati — 108 900 so‘m
- Farg‘ona viloyati — 112 300 so‘m
- Xorazm viloyati — 102 600 so‘m
- Toshkent shahri — 112 500 so‘m
Bir kilogramm palov uchun kerakli mahsulotlar:
- kungaboqar yog‘i — 0,3 l
- piyoz — 300 gr
- mol go‘shti — 700 gr
- sabzi — 1 kg
- guruch — 1 kg
- no‘xat — 100 gr
- zira — 10 gr
- osh tuzi — 20 gr
Yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmaydi. Ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanadi.
1 porsiya palov narxi qanday?
Osh markazlarida eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 35 700 so‘m bo‘lgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida — bir porsiyasi 23 000 so‘mdan sotilgan.