“O‘zbekneftgaz” AJ 2025-yil 2-sentyabrdan boshlab Ai-80 markali benzinni birja savdolari orqali sotishni to‘xtatganini ma’lum qildi.

Kompaniya ichki bozor talabi asosida Ai-92 rusumidagi benzin savdolarini kengaytirishga o‘tgan. Agar avval bir kunda 1 000 tonna Ai-92 benzin savdoga chiqarilgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 1 720 tonnagacha oshirilgan. Mutasaddilarning qayd etishicha, zarurat tug‘ilganda hajmlarni yanada oshirish imkoniyati ham mavjud.

Shuningdek, avgust oyida tadbirkor iste’molchilar tomonidan sotib olingan Ai-80 benzini miqdori, avvalgi majburiyatlar va mavjud qoldiqlar doirasida, sentyabr oyida ham xaridorlarga yetkazib berilishi kafolatlanmoqda.