O‘zbekistonda ilk bor islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Ik

Markaziy bank boshqaruvining 2026-yil 23-oktyabrdagi 28/1-sonli qaroriga muvofiq, Open bank aksiyadorlik jamiyatiga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi 1-I-sonli litsenziya topshirilgan.

Litsenziya “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi.

Markaziy bank fuqarolarga bank xizmatlaridan foydalanishdan oldin moliya muassasasining tegishli litsenziyaga ega ekanini regulyatorning rasmiy sayti orqali tekshirishni tavsiya qildi.