O‘zbekistonda 2025-yilda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga jami 1 680,6 mlrd so‘m mablag‘ sarflangan. Bu 2024-yilga nisbatan 106,5 mlrd so‘m yoki 6,8 foizga ko‘p.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajargan mutaxassis-tadqiqotchilar soni ham oshgan.
Ularning soni 43,1 ming nafarga yetib, 2024-yilga nisbatan 9,5 ming nafarga yoki 28,3 foizga ko‘paygan.
Tadqiqotchilarning 17,4 ming nafari ayollar bo‘lib, jami mutaxassislarning 40,4 foizini tashkil etgan. Erkaklar soni esa 25,7 ming nafar yoki 59,6 foiz bo‘lgan.