O‘zbekistonda 10 yil ichida faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlari soni 153 taga ko‘paygan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 2024/2025-o‘quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlarining (filiallarni ham hisobga olganda) umumiy soni 222 tani tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 3,2 barobarga ortgan. Oliy taʼlim tashkilotlari soni yillar kesimida quyidagicha: 

  • 2015/2016 o‘quv yili – 69 ta;
  • 2016/2017 o‘quv yili – 70 ta;
  • 2017/2018 o‘quv yili – 72 ta;
  • 2018/2019 o‘quv yili – 98 ta;
  • 2019/2020 o‘quv yili – 119 ta;
  • 2020/2021 o‘quv yili – 127 ta;
  • 2021/2022 o‘quv yili – 154 ta;
  • 2022/2023 o‘quv yili – 191 ta;
  • 2023/2024 o‘quv yili – 219 ta;
  • 2024/2025 o‘quv yili – 222 ta.