Kanadaning Visual Capitalist media platformasi Jahon banki va YUNESKO Statistika instituti tomonidan 2022–2025-yillarda taqdim etilgan ma’lumotlar asosida dunyo mamlakatlarida ayollar va erkaklarning oliy ta’limdagi ulushini taqqosladi.

Op

Tahlilga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ayollarning oliy ta’lim bilan qamrovi erkaklarnikidan o‘rtacha 12 foizga yuqori. O‘zbekistonda esa bu farq ayollar foydasiga 14 foizni tashkil etgan. Mamlakat 148 ta o‘rin orasida 105-pog‘onadan joy olgan.

Ayollar oliy ta’limda eng katta ustunlikka ega mamlakatlar

Ayollar va erkaklar o‘rtasidagi eng katta tafovut Gambiyada qayd etilgan. Mamlakatda ayollarning oliy ta’limdagi ko‘rsatkichi erkaklarnikidan 83 foizga yuqori.

Keyingi o‘rinlarda Sent-Marten — 78 foiz va Sent-Vinsent va Grenadinlar — 68 foiz bilan qayd etilgan.

Shuningdek, Qatar va Maldiv orollarida bu farq 64 foiz, Tuvaluda 60 foiz, Gayana, Aruba va Samoada 57 foiz, Kiribatida esa 56 foizni tashkil qilgan.

Yirik iqtisodiyotlar orasida Shvetsiyada ayollar foydasiga 40 foiz, Polshada 37 foiz, Braziliyada 36 foiz va AQSHda 32 foiz farq qayd etilgan.

MDH mamlakatlarida vaziyat

MDH davlatlari orasida Qirg‘iziston va Armanistonda ayollar hamda erkaklarning oliy ta’limdagi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi farq ayollar foydasiga 28 foizni tashkil qilgan.

Ozarbayjonda bu ko‘rsatkich 22 foiz, Qozog‘istonda 17 foizga teng.

O‘zbekiston 14 foizlik natija bilan Xitoy va Belarus bilan bir xil ko‘rsatkichni qayd etgan. Rossiyada ayollar foydasiga farq 7 foizni tashkil qilgan.

Tojikistonda esa aksincha, oliy ma’lumotli erkaklar ko‘rsatkichi ayollarnikidan 5 foizga yuqori.

Erkaklar ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan davlatlar

Reytingda erkaklarning oliy ta’limdagi ko‘rsatkichi ayollarnikidan yuqori bo‘lgan mamlakatlar ham bor.

Eng katta tafovut Beninda qayd etilib, erkaklar ko‘rsatkichi ay