Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etdi (o‘rindoshlarsiz).

Bu ko‘rsatkich 2015/2016-o‘quv yili boshiga nisbatan 170,9 ming nafarga yoki 43,4 foizga ko‘pdir. O‘qituvchilarning 71 foizi (401,3 ming nafar) ayollar, 29 foizi (163,6 ming nafar) erkaklardir.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni yillar kesimida quyidagicha:
- 2015/2016-o‘quv yili boshiga — 385 ming nafar;
- 2016/2017-o‘quv yili boshiga — 390,6 ming nafar;
- 2017/2018-o‘quv yili boshiga — 409,4 ming nafar;
- 2018/2019-o‘quv yili boshiga — 444,2 ming nafar;
- 2019/2020-o‘quv yili boshiga — 486,6 ming nafar;
- 2020/2021-o‘quv yili boshiga — 508 ming nafar;
- 2021/2022-o‘quv yili boshiga — 510 ming nafar;
- 2022/2023-o‘quv yili boshiga — 521,6 ming nafar;
- 2023/2024-o‘quv yili boshiga — 547,8 ming nafar;
- 2024/2025-o‘quv yili boshiga — 564,9 ming nafar.