O‘zbekistonda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilimini tashqi diagnostika orqali baholash tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu boradagi yangi nizom loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Hujjatga ko‘ra, tashqi diagnostika — oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilimini ta’lim dasturlari asosida tuzilgan test savollari orqali baholash tizimi hisoblanadi.
Mazkur tartib davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi. Tizim orqali bo‘lajak o‘qituvchilarning bilim darajasi yagona metodologiya asosida tekshiriladi.
Nizom loyihasiga ko‘ra, tashqi diagnostika ҳар йили баҳорги семестрда o‘tkaziladi va unda pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari иштирок этади. Test sinovlariga jalb qilinadigan akademik guruhlar махсус ishchi guruh tomonidan tanlanadi.
Testlar talabaning ta’lim tilida tashkil etiladi hamda 50 ta savoldan iborat bo‘ladi. Maksimal natija 100 ball etib belgilanmoqda.
Agar muayyan yo‘nalish bo‘yicha talabalarning o‘rtacha natijasi 56 ball va undan yuqori bo‘lsa, ta’lim yo‘nalishi “belgilangan talablarga javob beradigan” deb baholanadi. 55 ball yoki undan past natija qayd etilgan taqdirda esa pedagogika yo‘nalishi “belgilangan talablarga javob bermaydigan” deb topiladi.
Hujjatda qayd etilishicha, tashqi diagnostika natijalari talabalarning reyting baholariga ta’sir qilmaydi. Biroq past natija qayd etilgan pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari navbatdan tashqari tekshiruvga tushishi mumkin.
Pedagog kadrlar tayyorlash sifati tahlil qilinadigan yo‘nalishlar qatoriga pedagogika, maktabgacha ta’lim, maxsus pedagogika, boshlang‘ich ta’lim, musiqa ta’limi, o‘zbek tili va adabiyoti, xorijiy til va adabiyoti, tarix, biologiya, kimyo, geografiya, fizika, matematika, jismoniy madaniyat hamda boshqa bir qator yo‘nalishlar kiritilgan.
Qayd etilishicha, ushbu ro‘yxat Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda o‘zgartirilishi mumkin.
Mazkur tashabbus Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 28-apreldagi “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida ishlab chiqilgan.
Farmonda 2026/27-o‘quv yilidan boshlab davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlar tayyorlash sifatini tahlil qilish hamda talabalar bilimini tashqi diagnostika asosida baholash tizimini joriy etish vazifasi belgilangan edi.
Shuningdek, diagnostika natijalariga ko‘ra belgilangan talablarga javob bermaydigan ta’lim yo‘nalishlarida pedagog kadrlar tayyorlashni cheklash tartibini Vazirlar Mahkamasi belgilashi nazarda tutilgan.
Loyiha ishlab chiqilishida Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi va Avstraliya tajribasi o‘rganilgani ma’lum qilindi.